Get Mystery Box with random crypto!

HAYOT PUSHAYMON QILISH UCHUN JUDA QISQA Ayol taksiga oʻtirdi | Isʟᴏᴍɪʏ sᴇᴠɢɪ ❤️الحب الإسلامي

HAYOT PUSHAYMON QILISH UCHUN JUDA QISQA

Ayol taksiga oʻtirdi va haydovchiga aeroportga bormoqchiligini aytdi. Mashina oʻng chiziq boʻylab yoʻl oldi. Toʻsatdan qora rangli yuk mashina qarshisidan chiqdi. Haydovchi toʻqnashib ketmaslik uchun zudlik bilan tormoz berdi. Taksi toʻxtashga ulgurdi, ammo orqadan kelayotgan mashina bilan toʻqnashib ketishiga bir bahya qoldi. Yuk mashina haydovchisi oynadan boshini chiqarib haqorat qilgancha baqira ketdi. Taksi haydovchisi esa xotirjam tabassum bilan samimiy qoʻl silkib qoʻydi.
Bir zumda roʻy bergan bu voqeadan dahshatga tushgan ayol, taksi haydovchisining bu ishidan ajablandi.  “Nega bunday qildingiz?- deya soʻradi ayol. U sal boʻlsa mashinangizga ziyon yetkazib, ikkimizni ham oʻsal qilardi”. Taksi haydovchisi kulimsirab:
—  Axlat qutisi qoidasi,- dedi.
—  U nima degani?- dedi ayol hech narsani anglamay.
—  Ayrim odamlar axlat qutisi kabi,- deya izohladi haydovchi. -Yuragida axlat koʻtarib yuradi; jahl-gʻazab va tushkunlik tashiydi. Qalbi axlat bilan toʻlib- toshib ketsa, qayergadir toʻkishga ehtiyoj sezadilar. Ularning ruhiy axlatiga  men yoki siz nishon boʻlamiz. Shunday paytlarda hech oʻzingizga olmang, xafa boʻlmang. Ularga yaxshilik tilang va yoʻlingizda davom eting. Undaylarning axlatini ishxonangiz yoki uyingizga koʻtarib bormang. Koʻchadagi boshqa odamlarga ham sochib yurmang. Omadli va baxtiyor insonlar axlat qutilariga kunlarini mahv etish, ruhiyatlariga ta’sir koʻrsatishlariga yoʻl qoʻymaydilar.  Hayot tongda pushaymonlik bilan uygʻonish uchun juda qisqa. Shuning uchun  sizga goʻzal muomalada boʻlgan insonlarni seving va yaxshi munosabatda boʻlmaganlarga yaxshiliklar sogʻining. Hayot — oʻn foiz qanday ishlarni bajarganingiz va 90 foiz uni qanday qarshilaganingizga bogʻliq....
#manba_Seni_jannatda_kutaman_kitobidan

#Dengiz_marvaridi

@Islomiy_sevgii