Get Mystery Box with random crypto!

SURXONDARYO KADASTR

Logo of telegram channel surxonkadastr — SURXONDARYO KADASTR S
Logo of telegram channel surxonkadastr — SURXONDARYO KADASTR
Channel address: @surxonkadastr
Categories: News
Language: English
Subscribers: 941
Description from channel

Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


The latest Messages

2021-11-25 19:18:56
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Европа Иттифоқининг Европа комиссияси вице-президенти Маргаритис Схинас бошчилигидаги делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон ва ЕИ ўртасидаги кўп қиррали ҳамкорликни янада кенгайтириш масалалари кўриб чиқилди.
Кенгайтирилган шериклик ва ҳамкорлик тўғрисидаги битим бўйича музокараларни якунлаш ва уни тез фурсатда қабул қилиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.
Минтақа кун тартибидаги долзарб масалалар юзасидан ҳам фикр алмашилди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял делегацию ЕС во главе с вице-президентом Еврокомиссии Маргаритисом Схинасом.
Рассмотрены вопросы дальнейшего расширения многопланового сотрудничества между Узбекистаном и ЕС.
Особое внимание уделено завершению переговоров и скорейшему принятию Соглашения о расширенном партнерстве и сотрудничестве.
Состоялся также обмен мнениями по актуальным вопросам региональной повестки.

#Mirziyoyev #qabul #YevropaIttifoqi #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
80 views16:18
Open / Comment
2021-11-25 13:20:46
Joriy yilning so‘nggi oyi – dekabrdan kuchga kiruvchi qonunchilikdagi o‘zgarishlar:

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting joriy etiladi;

Chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari va xorijiy shaxslarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratiladi;

Ko‘chma savdo ob’ektlari elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

Yetkazib berilgan mahsulot uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi;

Veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ularni ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi.

#dekabr #huquqiy_asos #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
152 views10:20
Open / Comment
2021-11-25 13:19:48
Qumqo`rg`on tuman kadastr xodimlari ham "Yashil makon"ga faol ishtirok etishmoqda.

Davlat rahbarining "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslari bugun, mamlakatning barcha hududlarida o‘z aksini topmoqda.

Bu borada, viloyat markazidan tortib to chekka tumanlar hududlarida ham hasharlar tashkil etilib, har bir tashkilot ko‘chat ekish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Qumqo`rg`on tuman bo'limi hamda filial hodimlari ham "Yashil makon" umummilliy loyihasini davom ettirgan holda daraxt ekish ishlarini amalga oshirishdi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati:
181 views10:19
Open / Comment
2021-11-25 12:56:03
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi
KORRUPSIYA— Halokatga yo'l

Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmati.
171 views09:56
Open / Comment
2021-11-25 09:20:13
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan

Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati endilikda xududlar bo‘yicha ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yhatidan o'tkazish yuzasidan haftalik ma’lumotlarni yuklab boradi.

Ushbu ma’lumotda siz, ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning yil boshidan hamda o‘tgan xafta davomida ro‘yxatdan o‘tkazilganlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting...

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
144 views06:20
Open / Comment
2021-11-25 07:57:13
#halqbilanbirga #Qiziriq _tuman

Murojaatlar o‘z yechimini topmoqda.

Xabaringiz bor murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish va ularga yechim topish aholini qiynab kelayotgan bir qancha muammolarini qonun doirasida bartaraf etish va ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib maslahatlar berish borasida Davlat kadastrlari palatasi xodimlari tomonidan murojaatlar o‘rganilib chiqilmoqda .

Jumladan Qiziriq tumani “Istara” mahallasi yashovchi fuqaro G‘.Yo‘ldoshev yashab kelayotgan uy joyi yuzasidan akasi bilan anchadan buyon nizo kelib chiqayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joyida o‘rganilib, murojaati ijobiy hal qilindi.

Davlat кадастрлари палатаси Сурхондарё viloyati axborot xizmati.
179 views04:57
Open / Comment
2021-11-25 07:44:23 Dehqonchilik uchun 1 gektargacha yer ijaraga beriladi.

“Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon ho‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–20-son, 23.11.2021 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan fermerlar va klasterlarning past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydoni 2022-2025 yillarda zaxiraga qaytariladi.

Zaxiraga qaytarilgan yerlar sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.

Ijaraga berishda dehqonchilikda yaxshi natijalarga erishgan, mutaxassislikka ega, “daftar”larga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga ustunlik beriladi.

100 mln dollar pul banklarga milliy valyutada 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga 10 foiz stavkada joylashtiriladi.

Kreditlar dehqon va fermerlarga:

100 mln so‘mgacha 14% stavkada;
kichik intensiv bog‘ va uzumchilikka 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka va sabzavotchilikka 3 oygacha imtiyozli davr bilan 2 yilgacha ajratiladi.

Kreditlar yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilari yozma tavsiyasiga asosan beriladi.
184 views04:44
Open / Comment
2021-11-25 07:26:59
Bugun Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni

BMT Bosh Assambleyasining 1999 yil 17 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25 noyabr Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni, deb eʼlon qilingan.

2014 yilda BMT Bosh kotibi ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni yo‘q qilishga qaratilgan “UNiTE” nomli tashabbusini ochiq deb eʼlon qildi. Shu munosabat bilan har yili dunyo bo‘ylab 25 noyabridan 10 dekabrgacha “16 kun zo‘ravonliksiz!” shiori ostida jamoatchilikning faol ishtirokida tadbirlar o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda ham ayollarni himoya qilish, ularning turli zo‘ravonliklarning qurboni bo‘lmasligi uchun kurashish dolzarb ahamiyatga ega. Joriy yilda qabul qilingan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun shu maqsadga xizmat qilmoqda.

Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni mamlakatimizda ham keng nishonlanmoqda. “16 kun zo‘ravonliksiz!” shiori ostidagi
tadbirlarga start berildi.
167 views04:26
Open / Comment
2021-11-25 07:20:58 ​​O'zbekiston Respublikasining "Qishloq xo`jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida"gi 2021 yil 15 noyabrdagi 728-son Qonuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.

Ushbu qonun 6-bob 44-moddadan iborat.

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi:

bo'sh turgan yer uchastkasi — binolar va inshootlar joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar o'rnatilmagan hamda jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikka muvofiq ajratib berilmagan, davlat mulki bo'lgan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkasi;

davlat ko'chmas mulk obyektlari — davlat mulki bo'lgan mulkiy majmualar (korxonalar), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar;

yer uchastkasini xususiylashtirish — davlat mulki bo'lgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkasini O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining va (yoki) yuridik shaxslarining mulkiga o'tkazish;

elektron onlayn-auksion — auksion shaklidagi elektron savdolarni o'tkazish usuli bo'lib, bunda qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalari Internet jahon axborot tarmog'idagi ixtisoslashtirilgan elektron savdo maydonchasida auksiondan potensial xaridorlarning teng ravishda foydalanishi asosida realizasiya qilinadi;

qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkasi (bundan buyon matnda yer uchastkasi deb yuritiladi) — qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun berilmagan yoki ushbu maqsadlar uchun mo'ljallanmagan yer uchastkasi.

Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati
161 views04:20
Open / Comment
2021-11-25 07:17:05
«Бирорта ҳудуд раҳбарининг бу масалада ‘ўйин қилишга’ ҳаққи йўқ» — Шавкат Мирзиёев

Президент барча қишлоқ хўжалиги ерларини 1 мартгача кадастр рўйхатидан ўтказиш топшириғини берди

Батафсил — bugun.uz/91431

Расмий | LIVE | Дайжест
117 views04:17
Open / Comment