Get Mystery Box with random crypto!

O'shanda ZaytunMedTib klinikasida edik. Odatda barcha bemorlar | English Montessori School by Mahliyo

O'shanda ZaytunMedTib klinikasida edik. Odatda barcha bemorlar kelsa, Gulbahor Ustozaning oldiga kirib, igna muolajasini olib ketishar ekan. Lekin ko'rinishidan shu darajada hotirjam, sokin bir ayol Ustozaning xonasiga kirib, "biz keldik" , deb aytishi bilanoq Gulbahor Ustoza hozir mana tushaman dedida, tezda alohida muolaja xonasiga tushdi. Amaliyotga borgan barchamiz birga pastga tushdik.
Xonaga kirganimizda, bosh tarafida ulangan va har doim o'ziga hamroh bo'lib jismiga ulangan apparat, taxminan 12-13 o'smir yoshdagi jismonan nogiron, lekin tirik qalb egasi zo'rga nafas olib yotar edi.

-Ha Qori qalaysan?
-Ahvoli og'irlashib qolib, tez yordam chaqiramiz desam, faqat Gulbahor xolamni oldiga boraman deb turib oldi.

Ustoza astoydil tekshirib bo'lgach:
-Keyingi safar kelganingda, Qur'on o'qib bersana-a! Onasiga qarab :"Quvvati kamaygan ancha, qo'y go'shtini blenderda maydalab, sho'rva qilib, suvini ichkizing. Yana ham farzandingiz anchagina holati yaxshi, yotoq kasal bo'lib qoladi har doim bitta joyda yotaversa"

U bola ovqatni siz va bizdek tanovul qilmas ekan. Tomchilab yoki oshqozoniga maxsus apparatni og'zi orqali solib, onasi shu tarzda ovqatlantirar ekan. Chaqaloqqa ham ovqat bersangiz, o'zi yeb yutib oladi, lekin yillar davomida shunday qarashni tasavvur qilib ko'ring!

Keyin hammamiz Gulbahor Ustozaning xonasiga kirdik, Ustoza be'morning onasi bilan gaplashdi. Gap orasida u ayol uyda foydalanayotgan apparatni qiziga ham ishlatganligini aytdi (qizi bu kasallik bilan vafot qilgan ekan)

Gulbahor Ustoza : "bu ayol taqdirga imon keltirgan, o'g'li rosa rosa chiroyli Qur'on o'qiydi" deyishi bilan hayratdan ko'pchilik yoqamizni ushladik.
Onasi: "25pora Qur'on yodlagan" deb aytgan bir og'iz gapi-miyamga chaqmoqdek urildi!

Bunday voqealarni internetda eshitib, ko'rib o'rganib qolganman shekilli, lekin o'z ko'zim bilan ko'rib eshitganimga- ko'p o'y hayollarim ostun-ustun bo'lib ketdi. Uyga qaytishda ham, kelganimdan keyin ham hotirjam onaning siymosi ko'z oldimdan xuddi hozirgidek aslo ketmadi.

Farzand katta qilish - ko'p kuch va go'zal sabr talab qiladi. U ayolning matonati, Allohning bergan go'zal sabr egasi ekanligi, yillar davomida Alloh bergan omonat farzandlariga qarab, qizini ham omonat o'laroq Allohga topshirganligi, o'g'liga shu holatida 25pora Qur'onni yodladtirgani, berilgan sinovlarga sabr qilganli va taqdiriga rozi bo'lganligi shu darajada kuchli va ko'rinishidan hotirjam qilib qo'ygandir... Bu sanaganlarimiz, biz tashqaridan ko'rganlarimiz xolos. Ona farzandi ozgina kasal bo'lib qolsa, tuzalib qolguncha qancha xavotirda bo'ladi. Bir umr shu tarzda yashayotgan ayolni o'rniga bir o'zingizni qo'yib ko'ring-a...

Bu voqeadan ta'sirlanganimdan ancha vaqt yig'ladim. Jannatda onasiga 'toj' kiydiruvchi farzand tarbiya qilgan onasiga havas qilib yig'ladimmi yoki sabrsiz bo'lgan soniyalarimni eslab, o'z holatimdan uyalib yig'ladimmi o'zim ham bilolmay qoldim...

Ko'z o'ngimda esa hamon "o'smir yoshli be'mor o'g'lini muolaja xonasidan ikki qo'li bilan ko'tarib olib chiqib ketayotgan ona turardi...

Noyabr/2022

@englishmontessori_withmykids

TeleGRAM | Instagram | Telegram